1928 yil 1 aprelda moliya xodimlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasida Davlat moliyaviy ko‘rsatmalarini nashr etish va ommalashtirish, ushbu nashrlarni mahalliy tillarga tarjima qilish, shuningdek moliyaviy tashkilotlarining matbuot ishlari bo‘yicha vazifalarini bajarish uchun tashkil etilgan. 1929 yilda tugatilgan.
Davlat Moliya nashriyoti va O‘rta Osiyo bo‘limi bosh idorasining maxsus xatlari va ko‘rsatmalari, Davlat Moliya nashriyoti bosh idorasi va mahalliy filiallar bilan ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha yozishmalar.