Mazkur fond 1919 yil 19 sentyabrda Butunrossiya qishloq xo‘jaligi sanoati ishlab chiqarish kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi o‘rnida Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1920 yil 19 iyunda Butunrossiya yer ishchilari ishlab chiqarish kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi deb qayta nomlangan. 1920 yil 2 oktyabrda Butunrossiya yer va o‘rmon ishchilari ishlab chiqarish kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi deb qayta nomlangan. 1921 yil 2 iyulda tugatilgan.
tashkiliy-yo‘riqnoma bo‘limi, madaniy-ma’rifiy bo‘lim, iqtisodiy bo‘lim, mehnatni me’yorlashtirish va muhofaza qilish bo‘limi, moliya bo‘limi, tugatish komissiyasi, statistik bo‘lim, kotibiyat,majlislar bayonnomalari va boshqalar.