Maorif xodimlari kasaba uyushmasi 6-rayon mahalliy qo‘mitasi 1918 yildan 1928 yilgacha faoliyat yuritgan.
Mazkur fondga quyidagi jamoalar kiritilgan: a) Turkiston davlat kutubxonasi b) Turkiston qadimiy ashyolar qo‘mitasi; v) Markaziy arxiv ishi boshqarmasi; g) 7, 26, 12-son maktablar; d) 5 va 6-bolalar uylari; ye) 12-son bolalar bog‘chasi; j) 13-son o‘smirlar uyi.
Turkiston davlat kutubxonasi, 5 va 6-bolalar uylari, 13-son o‘smirlar uyi xodimlarining umumiy yig‘ilishlari ma mahalliy qo‘mita majlislarining bayonnomalari, Maorif xodimlari kasaba uyushmasi 6-rayon mahalliy qo‘mitasi taftish komissiyasi majlislari bayonnomalari va dalolatnomalari.