Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

TURKISTON ASSR XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI DAVLAT APPARATINI MAHALLIY SHAROITLARGA MOSLASHTIRISH VA ISH YURITIRSHNI MAHALLIY AHOLI TILLARIGA O‘GIRISH BO‘YICHA KOMISSIYASI

Fond raqami:
P-26
Saqlov birligi:
65
Davriy chegarasi:
1923 - 1924

Tashkilot tarixi

1923 yil 15 avgustda Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Kengashi Davlat Apparatini Mahalliy sharoitlarga moslashtirish va Ish yuritishni mahalliy aholi tillariga o‘girish bo‘yicha Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Kengashi Komissiyasini tuzish bo‘yicha 124-sonli qarori qabul qilingan. 1924 yil 25 yanvarda Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Katta Prezidiumi majlisida Davlat Apparatini Mahalliy sharoitlarga moslashtirish va Ish yuritishni mahalliy aholi tillariga o‘girish bo‘yicha Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Kengashi Komissiyasini tugatish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Uning vazifalari Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tashkiliy bo‘limiga o‘tkazilgan.


Fond sharhi

Butunittifoq Kasaba uyushmasining Markaziy Kengashining  qarorlari, farmoyishlari. Yig‘ilish bayonnomalari.