Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

TURKISTON ASSRNING №217 QURILISH ISHLARINI TARG‘IB QILISH BOSHQARMASI (Turkkraykultstroy)

Fond raqami:
P-785
Saqlov birligi:
14
Davriy chegarasi:
1920 - 1921

Tashkilot tarixi

Xalq ta’limi mahalliy bo‘limlari tomonidan xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda qurilish ishlab chiqarishidagi ishchilar o‘rtasida barcha ma’rifiy ishlarni umumiy rahbarligi, moliyalashtirilishi va ma’muriy boshqaruvini umumlashtirish uchun Turkiston ma’rifat Xalq Komissarligi tomonidan nizomga ko‘ra Turkiston respublikasi quruvchi proletariatining ma’rifat bo‘yicha O‘lka boshqarmasi ta’sis etiladi. U tashkilot Turkiston ma’rifat Xalq Komissarligi tizimidagi, unga bo‘ysunivchi xalq ta’limi viloyat bo‘limi huquqi asosidagi tashkilot hisoblanadi. Turkiston ASSR quruvchi proletariatining maorif bo‘yicha O‘lka boshqarmasi tezkor proletariat bilan aloqalari O‘lka Boshqarmasi Hay’ati tarkibiga quruvchi ishchilar ittifoqi O‘lka Qo‘mitasi vakillari kirishi orqali ta’minlangan. Faoliyati bo‘lyi O‘lka Boshqarmasi Turkiston Maorif Xalq Komissarligi, RSFSR Kultstroy Markaziy Qo‘mitasi va tarkibiga quruvchi ishchilar ittifoqi O‘lka Qo‘mitasiga bo‘ysungan.

RSFSR Madaniyat ishlari Markaziy Qo‘mitasining 1920 yil 5 oktyabrdagi 152/3465-son ko‘rsatmasiga asosan 1920 yil 21 dekabrda Turkiston ma’rifat Xalq Komissarligi tomonidan Turkiston respublikasi quruvchi proletariatining maorif bo‘yicha 217-son O‘lka boshqarmasi “Turkkraykultstroy” tashkil etilgan va u faoliyatini 1921 yil 1 yanvardan boshlagan. Mazkur tashkilotning tugatilish sanasi ma’lum emas.


Fond sharhi

kasaba uyushmasi a’zolari majlislari va umumiy yig‘ilishlari bayonnomalari