Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

URUSH NOGIRONLARI, BЕMOR VA YARADOR QIZILARMIYA ASKARLARI VA ULARNING OILALARIGA YORDAM KO‘RSATISH TURKISTON QO‘MITASI (TURKOMPOM)

Fond raqami:
P-419
Saqlov birligi:
110
Davriy chegarasi:
1922 - 1923

Tashkilot tarixi

1922 yil 20 iyundagi Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi qarori bilan Turkiston Ijroiya qo‘mitasi (Armiya bo‘yicha Markaziy Qo‘mita) qoshida qizil armiya askarlariga yordam ko‘rsatish Markaziy komissiyasi tashkil etilgan. Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1924 yil 13 yanvardagi buyrug‘i bilan Urush nogironlari, bemor va yarador qizilarmiya askarlari va ularning oilalariga yordam ko‘rsatish Turkiston qo‘mitasi (Turkompom) etib qayta tashkil etilgan. Qo‘mita O‘zbekiston SSR Inqiloyat Qo‘mitasi qarori bilan 1924 yil 28 dekabrdagi qarori bilan tugatilgan.


Fond sharhi

Turkiston Ijroiya qo‘mitasi qoshidagi Qizil Armiyaga yordam ko‘rsatish Markaziy Komissiyasi buyruqlari, qarorlari va majlislari bayonnomalari; Turkiston armiya bo‘yicha Markaziy Komissiyasi va Turman, Samarqand, Semirechensk va Turtko‘l armiyaga yordam ko‘rsatish komissiyalari bildirishnomalari va hisobotlari.