Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

TURKISTON MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI ISH SHTATLARINI QAYTA KO‘RIB CHIQISH KOMISSIYASI

Fond raqami:
P-24
Saqlov birligi:
30
Davriy chegarasi:
1922 - 1923

Tashkilot tarixi

1921 yil 15 noyabrda Turkmaniston Respublikasi  Sovetlar Markaziy Qo‘mitasi Prezidiumi qarori bilan Turkmaniston Respublikasi  Sovetlar Markaziy Qo‘mitasi Prezidiumi qoshida Turkiston SSR muassasalarini qayta ko‘rib chiqish komissiyasi tashkil etilgan. O‘sha paytda uning qoshida muassaalarni  tadqiq etish materiallari va shtatlarni qisqartirish loyihalariga dastlabki qayta ishlov berish  uchun Texnik kichik komissiya tashkil etilgan. Turkiston respublikasi Xalq Komissarlari Kengashining 1923 yil 18 sentyabrdagi  qarori bilan (30-son jurnal) sovet apparatini qisqartirish bo‘yicha Komissiya qisqartirilgan.


Fond sharhi

Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi huzuridagi muassasalalaridagi ish o‘rinlarini qisqartirish bo‘yicha texnik kichik komissiyalar majlislari bayonnomalari, Farg‘ona, Samarqand viloyat ijroiya qo‘mitalari bilan ish o‘rinlarini  qisqartirish, moliya va mehnat masalalariga oid yozishmalar.