Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

TURKISTON ASSR ZIROATCHILIK XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI QISHLOQ XO‘JALIK OMBORLARI TURKISTON DAVLAT BOSHQARUVI

Fond raqami:
P-605
Saqlov birligi:
142
Davriy chegarasi:
1922 - 1924

Tashkilot tarixi

Turkiston ASSR ziroatchilik Xalq Komissarligi huzuridagi qishloq xo‘jalik omborlari Turkiston davlat boshqaruvi 1923 yil 1 mayda Toshkent shahrida tashkil etilgan va 1924 yil 1 oktyabrga qadar foaliyat olib borgan.

Fond sharhi

ziroatchilik Xalq Komissarligi bo‘yicha buyruqlar nusxalari, sirkulyarlar, yo‘riqnomalar, farmoyishlar, boshqaruv majlislari bayonnomalari va daftarlari, qishloq xo‘jalik omborlari Turkiston davlat boshqaruvi to‘g‘risida nizom, tovarlar harakati bo‘yicha yillik va oylik hisobotlar va boshqalar.