Butunittifoq to‘qimachilik sindikati Toshkent bo‘linmasi 1922 yil 1 noyabrda Butunittifoq to‘qimachilik sindikati Boshqaruvi qarori bilan tashkil etilgan. Butunrossiya To‘qimachilik Sindikati Toshkent bo‘linmasi 1922 yil 6 dekabrda Umumiy sanoat va savdo ishlari bo‘yicha Bosh Boshqarmasida №2-son bilan ro‘yxatga olingan.
1923 yil 15 martda Butunrossiya To‘qimachilik sindikati huzurida Sharq bo‘limi tashkil etiladi. Buxoro bo‘linmasi 1 martdan ochilgan, ammo amalda amaliyot 1923 yil 23 apreldan boshlangan.
Butunittifoq to‘qimachilik sindikati Toshkent bo‘linmasi manufaktura mollari bilan savdo qilgan.