Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

O‘RTA OSIYODA KO‘CHIRISH BO‘YICHA ROSSIYA SOVЕT FЕDЕRATIV SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI VAKOLATLI BOSHQARMASI. Toshkent sh.

Fond raqami:
P-874
Saqlov birligi:
26
Davriy chegarasi:
1922 - 1923

Tashkilot tarixi

O‘rta Osiyoda ko‘chirish bo‘yicha Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi vakolatli Boshqarmasi 1922 yil 1 yanvarda Toshkent shahrida tashkil etilgan.Tugatilgan sanasi noma’lum.

Fond sharhi

Imtiyozli tarif bo‘yicha vataniga yuborilgan va ocharchilikdagi qochoqlar ro‘yxatlari, harbiy asirlar ma’lumotnomalari, O‘rta Osiyoda ko‘chirilganlarning harakati bo‘yicha Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi vakolatxonasi sirkulyarlari, yo‘riqnomalari, talabnoma vedomostlari.