Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

TURKISTON ASSR YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI TURKISTON ENTOMOLOGIK STANSIYASI Toshkent sh.

Fond raqami:
P-385
Saqlov birligi:
107
Davriy chegarasi:
1917 - 1924

Tashkilot tarixi

Turkiston ASSR Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi Turkiston entomologik stansiyasi 1917 yil 5 yanvarda tashkil etilgan.

Entomologik stansiya hujjatlarining chekka sanasi 1924 yil aprel bilan yakunlanmoqda. Tashkilot keyinchalik faoliyat olib borganligi yoki olib bormaganligini aniqlovchi hujjatlarni aniqlash imkoniyati cheklangan, ammo hujjatlardan tashkilshot tugatilmaganligi ko‘rinib turibdi.


Fond sharhi

Entomologik stansiyani tashkil etilishi va foliyati to‘g‘risida qisqacha maqola, stansiya buyruqlari, agronomik majlislari jurnali, entomologik stansiya hisobotlari, xodimlar ro‘yxati, Yer ishlari Xalq Komissarligi bo‘yicha buyruqlar, ish rejalar. Smetalar, shtatlar va etnomologik stansiya faoliyati yuzasidan hisobotlar, ish xaqini talab qilish bo‘yicha vedomostlar, xodimlar shaxsiy yig‘majildlari va boshqalar.