Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlari Soveti

Fond raqami:
R-72
Saqlov birligi:
27
Davriy chegarasi:
1920 - 1924

Tashkilot tarixi

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlari Soveti 1920 yil aprelda tuzildi. 1924 yil noyabrda tugatildi.

Fond sharhi

XXSR Xalq Nozirlari Sovetining qarorlari, buyruqlari va yig‘ilish bayonnomalari; RSFSR va XXSR o‘rtasidagi ittifoq shartnomasi (1920) va uni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining qarori; nozirliklar va ularning bo‘limlari faoliyati to‘g‘risidagi dokladlar va yozishmalar.