Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Sog‘liqni saqlash markaziy boshqarmasi

Fond raqami:
R-61
Saqlov birligi:
99
Davriy chegarasi:
1921 - 1924

Tashkilot tarixi

1920 yil 31 oktabrda Buxoro XSR Sog‘liqni saqlash xalq nozirligi tuzildi; 1921 yil 4 mayda u BXSR Sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta’minot xalq nozirligi deb o‘zgartirildi; 1923 yil may oyidan BXSR Ichki ishlar nozirligining Sog‘liqni saqlash markaziy bo‘limi, 1923 yil dekabrdan - BXSR Sog‘liqni saqlash markaziy boshqarmasi deb o‘zgartirildi va u 1924 yil 28 noyabrda tugatildi.


Fond sharhi

Sog‘liqni saqlash nozirligi va BXSR Sog‘liqni saqlash markaziy boshqarmasi to‘g‘risidagi buyruqlar; Sog‘liqni saqlash nozirligi hay’ati yig‘ilishlari bayonnomalari; sanitariya komissiyalari yig‘ilishlarining bayonnomalari, sanitariya inspektorlari va sanitar-epidemiya bo‘limlari boshliqlarining Buxoro XSR shaharlarining sanitariya-epidemiologik va bezgakka oid holatini o‘rganish bo‘yicha dokladlari va hisobotlari.

Tibbiyot muassasalarining (kasalxonalar, bezgak stansiyalari) holati va ishlashi to‘g‘risida dokladlar va hisobotlar; kasalxonalar va ambulatoriyalarda bemorlarning harakati haqida ma’lumot (1921-1924).