Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Sog`liqni saqlash

TURKISTON ASSR SOG‘LIQNI SAQLASH XALQ KOMISSARLIGI

Fond raqami: R-40 Saqlov birligi: 475 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917-yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan tuzilgan. O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy –hududiy chegaralanish siyosati munosabati bilan 1924 yil 24 noyabrda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSRDAGI ROSSIYA QIZIL XOCH JAMIYATI VAKOLATLISI BOSHQARMASI HUZURIDAGI DAM OLISH UYI Toshkent stansiyasi. Troitskiy qishlog‘i.

Fond raqami: P-349 Saqlov birligi: 5 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

Rossiya qizil xoj jamiyati vakolatlisi Boshqarmasi huzuridagi Dam olish uyi 1923 yil 19 may kuni tashkil etilgan. 1923 yil 10 sentyabrda tugatilgan. 1924 yil 24 aprelda qayta ochilgan va Rossiya qizil xoj jamiyati vakolatlisi Boshqarmasi huzuridagi Dam olish uyi sifatida faoliyatini davom ettirgan. Yozgi mavsum paytlarida, may, iyun, iyul, avgust oylarida ochilgan va yana yopilgan. 1924,1925 yillardagi va undan keyingi faoliyati haqida fondda hujjatlar mavjud emas.

Batafsil

BUTUNITTIFOQ DAVOLASH-SANITARIYA XODIMLARI SANOAT ITTIFOQI TURKISTON BO‘LIMI O‘LKA QO‘MITASI

Fond raqami: P-794 Saqlov birligi: 51 Davriy chegarasi: 1919 - 1923
Tashkilot tarixi:

Butunittifoq davolash-sanitar ishi xodimlari sanoat ittifoqi Turkiston bo‘limi O‘lka qo‘mitasi 1919 yil noyabr oyida Tibbiy-sanitariya xodimlari 1 O‘lka Qurultoyida tashkil etilgan. 1921 yil 25 iyul kuni Butunittifoq Kasaba uyushmasining Markaziy Kengashi Turkiston byurosi Qaroriga asosan amalda tugatilgan.

Butunittifoq davolash-sanitar ishi xodimlari sanoat ittifoqi Turkiston bo‘limi O‘lka qo‘mitasining Tibbiyot xodimlari Ittifoqi viloyat bo‘limlaridan kelgan vakillari ishtirokidagi 1921 yil 21 iyuldagi kengaytirilgan Plenumida Butunittifoq davolash-sanitar ishi xodimlari kasba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi Turkiston byurosi tashkil etildi.

Batafsil

TURKISTON RЕSPUBLIKASI TABIBLAR YORDAMCHILARI VA FЕLDSHЕRLAR KASABA UYUSHMASI MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI

Fond raqami: P-797 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1918 - 1918
Tashkilot tarixi:

Turkiston Respublikasi tabiblar yordamchilari va feldsherlar kasaba uyushmasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi 1918 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Tugatilish sanasi ma’lum emas.

Batafsil

TURKISTON ASSR SOG‘LIQNI SAQLASH XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI TIBBIY SANITARIYA ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI.

Fond raqami: P-603 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

1940 yil 21 avgustda R-603-son fond R-40-son fond bilan birlashtirib yuborilgan

Batafsil