Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (BXSR MIQ, BuxMIQ)
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlari Soveti
1920 yil 8 sentyabrda tashkil qilingan. O‘rta Osiyoning milliy chegaralanishi munosabati bilan TurMIQ, BuxMIQ va XorMIQ ning qo‘shma qaroriga ko‘ra 1924 yil 18 noyabrda tugatilgan.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Xalq maorif nozirligi
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Markaziy vaqf boshqarmasi
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Sog‘liqni saqlash markaziy boshqarmasi
1920 yil 31 oktabrda Buxoro XSR Sog‘liqni saqlash xalq nozirligi tuzildi; 1921 yil 4 mayda u BXSR Sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta’minot xalq nozirligi deb o‘zgartirildi; 1923 yil may oyidan BXSR Ichki ishlar nozirligining Sog‘liqni saqlash markaziy bo‘limi, 1923 yil dekabrdan - BXSR Sog‘liqni saqlash markaziy boshqarmasi deb o‘zgartirildi va u 1924 yil 28 noyabrda tugatildi.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Markaziy mehnat boshqarmasi
BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI KASABA UYUSHMALAR MARKAZIY KЕNGASHI Buxoro sh.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi kasaba uyushmalar Markaziy Kengashi tashkil etilish sanasi noma’lum. 1924 yilda tugatilgan. Fond tarkibida 1922 – 1924 yillarga oid hujjatlar mavjud.
BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI SAVDO VA SANOAT XALQ KOMISSARLIGI (NAZORATI) HUZURIDAGI KOOPЕRATSIYA VA DAVLAT SAVDO ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI Buxoro sh.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi savdo va sanoat Xalq Komissarligi (Nazorati) huzuridagi kooperatsiya va davlat savdo ishchilari kasaba uyushmasi mahalliy qo‘mitasi 1921 yil 13 martda tashkil etilib, 1924 yilda tugatilgan.