Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi huzuridagi Turkiston Davlat qurilish va ta’minoti qo‘mitasi
1917 yil 20 dekabrda Turkiston o‘lkasi temir yo‘l boshqarmasining yangi tarmoqlarini qurish bo‘limi tashkil etildi; 1920 yil 10 aprelda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi qoshidagi Turkiston Davlat qurilish ta’minoti qo‘mitasi etib qayta tashkil etildi. 1922 yilda 17 fevraldagi Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi Prezidiumining qarori asosida tugatilgan.
TURKISTON ASSRNING №217 QURILISH ISHLARINI TARG‘IB QILISH BOSHQARMASI (Turkkraykultstroy)
Xalq ta’limi mahalliy bo‘limlari tomonidan xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda qurilish ishlab chiqarishidagi ishchilar o‘rtasida barcha ma’rifiy ishlarni umumiy rahbarligi, moliyalashtirilishi va ma’muriy boshqaruvini umumlashtirish uchun Turkiston ma’rifat Xalq Komissarligi tomonidan nizomga ko‘ra Turkiston respublikasi quruvchi proletariatining ma’rifat bo‘yicha O‘lka boshqarmasi ta’sis etiladi. U tashkilot Turkiston ma’rifat Xalq Komissarligi tizimidagi, unga bo‘ysunivchi xalq ta’limi viloyat bo‘limi huquqi asosidagi tashkilot hisoblanadi. Turkiston ASSR quruvchi proletariatining maorif bo‘yicha O‘lka boshqarmasi tezkor proletariat bilan aloqalari O‘lka Boshqarmasi Hay’ati tarkibiga quruvchi ishchilar ittifoqi O‘lka Qo‘mitasi vakillari kirishi orqali ta’minlangan. Faoliyati bo‘lyi O‘lka Boshqarmasi Turkiston Maorif Xalq Komissarligi, RSFSR Kultstroy Markaziy Qo‘mitasi va tarkibiga quruvchi ishchilar ittifoqi O‘lka Qo‘mitasiga bo‘ysungan.
RSFSR Madaniyat ishlari Markaziy Qo‘mitasining 1920 yil 5 oktyabrdagi 152/3465-son ko‘rsatmasiga asosan 1920 yil 21 dekabrda Turkiston ma’rifat Xalq Komissarligi tomonidan Turkiston respublikasi quruvchi proletariatining maorif bo‘yicha 217-son O‘lka boshqarmasi “Turkkraykultstroy” tashkil etilgan va u faoliyatini 1921 yil 1 yanvardan boshlagan. Mazkur tashkilotning tugatilish sanasi ma’lum emas.
BUTUNROSSIYA QURILISH ISHCHILARI UYUSHMASI TURKISTON O‘LKASIDAGI QO‘MITASI (TOSHKЕNT SHAHAR KRAYKOMGOR)
Boshqarma 1920 yil may oyida Toshkent shahrida tashkil etilgan. 19121 yil tugatilgan.
TURKISTONDA DAVLAT TO‘QIMACHILIK FABRIKALALARI QURILISH BO‘YICHA QO‘MITA HUZURIDAGI QURUVCHI ISHCHILAR KASABA UYUSHMASI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI
R-441-son fond R-130 son fond bilan birlashtirib yuborilgan.
“DAVLAT QURILISH” UMUMROSSIYA MARKAZIY DAVLAT QURILISH IDORASI TURKISTON BO‘LINMASI HUZURIDAGI QURUVCHI ISHCHILAR KASABA UYUSHMASI 1-SON ISHCHI QO‘MITASI
“Davlat qurilish” Umumrossiya markaziy davlat qurilish idorasi Turkiston bo‘linmasi huzuridagi quruvchi ishchilar kasaba uyushmasi 1-son Ishchi qo‘mitasi tashkil etilgan sanasi ma’lum emas. 1924 yilda mazkur tashkilot tugatilgan.
TURKISTON DAVLAT INSHOOTLARI QO‘MITASI SANITAR-QURILISH BOSHQARMASI HUZURIDAGI QURILISH ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI 1-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Turkiston davlat inshootlari qo‘mitasi Sanitar-qurilish boshqarmasi huzuridagi qurilish ishchilari kasaba uyushmasi 1-mon mahalliy qo‘mitasi 1921 yilda tashkil etilgan. 1922 yil 11 yanvarda tugatilgan.