Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Savdo, ta`minot

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlari Soveti

Fond raqami: P-48 Saqlov birligi: 342 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi:

1920 yil 8 sentyabrda tashkil qilingan. O‘rta Osiyoning milliy chegaralanishi munosabati bilan TurMIQ, BuxMIQ va XorMIQ ning qo‘shma qaroriga ko‘ra 1924 yil 18 noyabrda tugatilgan.

Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) Savdo va sanoat xalq nozirligi (BXSR Torgprom).

Fond raqami: R-53 Saqlov birligi: 269 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi:

1921 yil 13 martda BXSR Oziq-ovqat, savdo va sanoat nozirliklari va Buxtekstilning birlashishi natijasida BXSR Iqtisodiy nozirligi tuzilib, shu yili uning nomi Xalq savdo-sanoat nozirligi deb o‘zgartirildi (BXSR Torgprom). 1924 yilda tugatilgan.

Batafsil

BUXORO TASHQI SAVDO BO‘LIMI BO‘LINMASI

Fond raqami: R-2075 Saqlov birligi: 54 Davriy chegarasi: 1918 - 1921
Tashkilot tarixi:

1918 yil 15 oktyabrda Rezidentlik huzuridagi Buxoro Viloyat Iqtisodiyot bo‘limi tashkil etilgan. 1919 yil oktyabr oyi oxirida Turkiston Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi buyrug‘iga asosan  Rezidentlik huzuridagi Buxoro viloyat iqtisodiyot bo‘limi Butunrossiya MIQning Turkiston ishlari bo‘yicha Vakolatxonasi huzuridagi tashqi savdo bo‘limining Buxoro bo‘linmasi deb qayta nomalanadi.

1921 yil yanvar oyidan boshlab bu muassasa Tashqi savdo xalq komissarligi Tukiston boshqarmasiga bo‘ysungan. 1922 yil 30 iyundan esa Tashqi savdo xalq komissarligi Turkiston boshqarmasi RSFSRning Tashqi savdo xalq komissarligining O‘rta Osiyodagi vakolatxonasi deb qayta nomlangan. 1922 yil 10 sentyabrdan tashqi savdo bo‘limining Buxoro bo‘linmasi Tashqi savdo Xalq Komissarligining O‘rta Osiyodagi Vakolatxonasiga bo‘ysungan va Tashqi savdo xalq komissarligining O‘rta Osiyodagi vakolatxonasining Buxoro respublikasi bo‘yicha Vakolatxonasi deb nomlangan.

Batafsil

BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI OZIQ-OVQAT BO‘YICHA XALQ NAZORATI

Fond raqami: R-1878 Saqlov birligi: 4 Davriy chegarasi: 1920 - 1921
Tashkilot tarixi:

Nazirat 1919 yilda tashkil etilgan va 1922 yilda tugatilgan.

Batafsil