Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Rejalashtirish va statistika

MARKAZIY OSIYO IQTISODIY KЕNGASHI HUZURIDAGI MARKAZIY OSIYO DAVLAT PLAN KOMISSIYASI (SRЕDAZGOSPLAN)

Fond raqami: R-10 Saqlov birligi: 2735 Davriy chegarasi: 1924 - 1934
Tashkilot tarixi:

SSSR Davlat reja komissiyasi  prezidiumining 1924 yil 3 iyuldagi qarori asosida tashkil topgan. SSSR XKS va Bolsheviklar Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining 1934 yil 3 oktyabrdagi qarori bilan tugatilgan.

Batafsil

O‘ZSSR DAVLAT RЕJA VA STATISTIKA KOMISSIYASI (O‘zgosplan)

Fond raqami: R-88 Saqlov birligi: 2808 Davriy chegarasi: 1924 - 1936
Tashkilot tarixi:

O‘zbekiston Inqilobiy qo‘mitasining 1924 yil 31 dekabrdagi qarori bilan tashkil etilgan. Nizomga ko‘ra, tashkilot O‘zbekistonni iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish hamda tizimli ravishda ushbu rejalarning bajarilishini monitoring qilgan.

Batafsil