Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Iqtisodiyot

XXSR Iqtisodiy Kengashining SSSR dagi savdo vakolatxonasi. Moskva sh. ХХСР

Fond raqami: R-70 Saqlov birligi: 335 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi: 1923 yil 29 yanvarda XXSR Savdo-sanoat nozirligining Moskva savdo idorasi tuzildi; 1923 yil 4 sentyabrda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Iqtisodiy Kengashining SSSRdagi savdo vakolatxonasiga aylantirildi. 1924 yil 5 dekabrda tugatilgan. Batafsil

Xorazm XSR ning Turkiston ASSRdagi Iqtisodiy vakolatxonasi

Fond raqami: R-69 Saqlov birligi: 82 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: 1921 yil 1 iyulda Xorazm Xalq Sovet Respublikasining Turkiston ASSRdagi Muxtor vakolatxonasi tuzildi; 1921 yil 4 dekabrda u XXSR ning Turkiston ASSR dagi Bosh konsulligiga aylantirildi; 1924 yil avgustida XXSR ning Turkiston ASSRdagi Iqtisodiy vakolatxonasiga aylantirildi. 1924 yil 17 dekabrda tugatilgan. Batafsil

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Qishloq xo‘jaligi xalq nozirligi.

Fond raqami: R-74 Saqlov birligi: 59 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil noyabrda tuzilgan. 1924 yil 30 noyabrda tugatilgan. Batafsil

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Savdo va sanoat xalq nozirligi (Torgprom).

Fond raqami: R-75 Saqlov birligi: 46 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi: 1922 yil 30 noyabrda tuzilgan. 1924 yil noyabrda tugatilgan. Batafsil

XORAZM XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI SAVDO VA SANOAT XALQ KOMISSARLIGI (NOZIRLIGI) TOSHKЕNT BO‘LINMASI

Fond raqami: R-697 Saqlov birligi: 15 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi:

Tashkilot 1920 yilda tashkil etilib, 1924 yilda tugatilgan.

Batafsil

XORAZM XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI SAVDO VA SANOAT XALQ NOZIRLIGI (TORGPROM) Xiva sh.

Fond raqami: R-75 Saqlov birligi: 46 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi:

1922 yil 30 noyabrda tashkil topib, 1924 yil noyabrda tugatilgan.

Batafsil

XORAZM XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI IQTISODIY KЕNGASHI (XNSR EKOSO) Xiva sh.

Fond raqami: R-73 Saqlov birligi: 100 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi:

1921 yil iyunda tuzilgan, 1924 yil noyabrda tugatilgan.

Batafsil

XORAZM XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI SAVDO VA SANOAT NOZIRLIGINING BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASIDAGI VAKOLATXONASI Chorjo‘y sh.

Fond raqami: R-65 Saqlov birligi: 7 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

1922 yil iyulda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi bilan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi o‘rtasida iqtisodiy kelishuv tuzilgan (Fond: R-73, 1-ruyxat, 1-yig‘majild 13, 71-varaqlar). Kelishuvga ko‘ra, ikki tomon o‘rtasida erkin savdo munosabatlari o‘rnatilgan. Ikki respublikadan tranzit bilan chet davlatlarga olib o‘tiladigan tovarlar har qanday soliq va yig‘imlardan ozod qilingan. Tez orada Chorjo‘ydagi savdo agenti Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Savdo va Sanoat Nozirligi Vakolatxonasiga almashtirilgan. 1 sentyabrdan nozirlik idorasi 3 nafar xodim shtat birligida o‘zining Chorjo‘ydagi bo‘linmasini ochdi (Fond: R-75, 1-ro‘yxat, 1-yig‘majild, 40, 154-varaqlar). 1923 yil boshida Chorjo‘y bo‘linmasi Buxoro Xalq Sovet Respublikasidagi Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Savdo va Sanoat Nozirligi Vakolatxonasi deb qayta nomlangan. Iyul oyida  nozirlik bo‘linmasi tugatilgan bo‘lsa-da, Buxoro Xalq Sovet Respublikasidagi Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Savdo va Sanoat Nozirligi vakolatxonasi nomi saqlanib qolgan. 1923 yil 1 sentyabrdan Xorazm Iqtisodiy Kengashi huzuridagi savdo va sanoat bo‘limidan yangi vakil tayinlangan.

Batafsil