Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (BXSR MIQ, BuxMIQ)
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlari Soveti
1920 yil 8 sentyabrda tashkil qilingan. O‘rta Osiyoning milliy chegaralanishi munosabati bilan TurMIQ, BuxMIQ va XorMIQ ning qo‘shma qaroriga ko‘ra 1924 yil 18 noyabrda tugatilgan.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasining Turkiston ASSR dagi siyosiy-iqtisodiy vakolatxonasi
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Iqtisodiy Kengashi (BNSR ECOSO, Bux ECOSO)
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Tashqi ishlar xalq nozirligi.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Davlat nazorati xalq nozirligi
BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI DAVLAT PROKURORI Buxoro sh.
Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. Fond tarkibida 1921 – 1924 yillarga oid hujjatlar saqlangan.
BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI OLIY INQILOBIY TRIBUNALI Buxoro sh.
1920 yil 2 sentyabrda BXSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi qoshida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tribunali tashkil etilgan. 1923 yil 2 apreldan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Oliy inqilobiy tribunaliga aylantirilib, 1924 yilda uning faoliyati tugatilgan.
BUXORO SOVЕT XALQ RЕSPUBLIKASI ADLIYA KOMISSARLIGI XALQ NOZIRLIGI
1920 yil 31 sentyabrda Buxoro shahrida tashkil etilib, 1924 yil 27 noyabrda tugatilgan.
BUXORO АMIRLIGI HUKUMАTI HUZURIDА TURKISTON АSRR MUXTOR VАKILI Buxoro sh.
Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi koʼrsatilmagan. 1919 yilga oid hujjatlar mavjud.
BUXORO XАLQ SOVET RESPUBLIKАSINING KАVKАZDАGI SАVDO IShLАRI BOʼYIChА VАKOLАTLI VАKILI BOShQАRMАSI
1922 yil 3 fevralda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlari Kengashi Qarori bilan Kavkazda Savdo Komissiyasi tashkil etilgan.
1922 yil iyunda Savdo Komissiyasi Tbilisi shahridagi Buxoro Xalq Sovet Respublikasining Kavkazdagi savdo vakolatxonasi sifatida qayta tashkil etilgan.
Tugatish bo‘yicha farmoyish hujjatlarini aniqlanmagan, ammo RSFSR XKS bilan yozishmalarga qaraganda Boshqarma 1923 yil 13 sentyabrda tugatilgan.
BatafsilRSFSRNING BUXORODAGI MUXTOR VAKOLATXONASI Buxoro sh.
RSFSRning Buxorodagi muxtor vakolatxonasi 1920 yil Buxoro shahrida tashkil etilgan. Tugatilish sanasi noma’lum.
BUXORO SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI DAVLAT SIYOSIY BOSHQARMASI (GPU) Buxoro sh.
Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi Davlat siyosat boshqarmasi tashkil topgan sanasi noma’lum. 1923 yil oktyabr oyida Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi Davlat siyosat boshqarmasi deb qayta nomlangan. 1924 yil noyabrda tugatilgan.
161-EVAKUATSIYA BOSH BO‘LINMASINING HARBIY-SANITAR TRANSPORT BO‘LIMI
Fond R-1170-fond bilan birlashtirib yuborilgan. Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. Fond tarkibida 1920 yildan 1921 yilgacha bo‘lgan hujjatlar mavjud.