Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

TURKISTON URUSH NOGIRONLARI, KASAL VA YARADOR QIZIL ARMIYA ASKARLARI VA ULARNING OILALARIGA YORDAM BЕRISH QO‘MITASI (TURKOMPOM)

Fond raqami:
R-419
Saqlov birligi:
113
Davriy chegarasi:
1922 - 1923

Tashkilot tarixi

Turkiston ASSR MIQning 1922 yil 20 iyundagi qarori bilan Turkiston ASSR MIQ qoshida qizil armiya askarlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Markaziy komissiya tuzilgan. Turkiston ASSR MIQning 1924 yil 13 yanvardagi buyrug‘i bilan urush nogironlariga, kasal va yarador qizil armiya askarlari va ularning oilalariga yordam berish bo‘yicha Turkiston qo‘mitasiga aylantirilgan.  O‘zbekiston SSR  inqilobiy qo‘mitasining 1924 yil 28 dekabrdagi qarori bilan tugatilgan.


Fond sharhi

Turkiston ASSR MIQ huzuridagi qizil armiyaga yordam berish Markaziy komissiyasining buyruqlari va yig‘ilishlari bayonnomalari; Turkiston ASSR MIQ, armiya siyosiy boshqarmasi, Samarqand, Yettisuv va To‘rtko‘l viloyat armiyasiga yordam berish komissiyalarining ma’ruzalari va hisobotlari; armiya siyosiy bo‘limining hududiy komissiyalari bilan tashkiliy masalalar bo‘yicha yozishmalar.