Ўзбекистон Миллий архив фондлари бўйича онлайн йўл кўсратгич

Ушбу онлайн йўлкўрсаткич Инновацион ривожланиш агентлигининг илмий-тадқиқот ишлари бўйича давлат буюртмаси асосида Aл-442105887-сонли амалий лойиҳа асосида ишлаб чиқилган.

TURKISTON ASSR MAORIF XALQ KOMISSARLIGI

Фонд рақами:
P-34
Сақлов бирлиги:
3355
Даврий чегараси:
1917 - 1924

Ташкилот тарихи

Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917 yil 23 noyabrdagi buyrug‘i asosida tuzilgan.O‘rta Osiyodagi milliy-hududiy chegaralanish siyoati natijasida 1924 yil noyabrda komissarlik faoliyati tugatilgan.


Фонд шарҳи

Umumiy bo‘lim (1917-1924)

RSFSR va Turkiston ASSR hukumatining xalq ta’limi masalalari bo‘yicha farmon va qarorlari; qoidalari Turkiston ASSR Ma’rif komissarligi, uning boshqarmalari va tasarrufidagi muassasalarning vazifalari to‘g‘risida farmoyishlar.
Maorif xodimlari se’zdi va konferensiyalari, o‘qituvchilar yig‘ilishlari, Xalq maorif komissarligi hay’ati, xalq ta’limi viloyat va okrug bo‘limlari yig‘ilishlarining bayonnomalari va boshqa materiallari; Xalq maorif komissarligi, uning bo‘limlari, bo‘limlar va mahalliy organlari faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar.

Turkiston davlat universiteti va institutlari, maktablar, kurslar, texnikumlar, maktab-internatlarning ochilishi va holati to‘g‘risida;  milliy tillarda nashr etilgan “Ta’lim axborotnomasi” (1921), “Ta’lim haftaligi”ning har yili o‘tkazilishi to‘g‘risida,  arxivlar holati va qadimiy yodgorliklar va san’atni muhofaza qilish to‘g‘risidagi  hisobotlar, ma’lumotnomalar va yozishmalar;

Ma’orif komissarligi tizimidagi maktablar va boshqa ta’lim muassasalarining dasturlari va o‘quv rejalari, hisobotlari va statistik ma’lumotlari.

Ijtimoiy ta’lim-tarbiya bosh boshqarmasi
 (Glavsotsvos) (1920-1924)

Ijtimoiy ta’lim-tarbiya bosh boshqarmasi va Bolalar turmushini yaxshilash komissiyasi majlislarining bayonnomalari; Ijtimoiy ta’lim-tarbiya bosh boshqarmasi maktab va maktabgacha ta’lim ishlarini tashkil etish bo‘yicha buyruqlar, riskulyarlar va ko‘rsatmalar. “Bolalikni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Yagona mehnat maktabi, mehribonlik uylari, kommunal maktablar to‘g‘risida”gi Nizom (1921); maktab o‘qituvchilari va maktabgacha ta’lim bo‘yicha o‘qituvchilarning eslatmalari; kommunal maktablar, namunali maktablar, bolalar koloniyalari faoliyati, bolalar bog‘chalari va o‘yin maydonchalari ochilishi, bolalarning boshpanasizligiga qarshi kurashish chora-tadbirlari to‘g‘risida hisobotlar, ma’lumotlar va yozishmalar; Turkiston ASSR Xalq Maorif Komissarligining maktabgacha ta’lim muassasalarining ro‘yxatlari.

Kasb-hunar  ta’lim bo‘limi (Turkprofobr) (1920-1924)

Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hay’ati yig‘ilishlari bayonnomalari, kasb-hunar ta’limi masalalari bo‘yicha sirkulyar va ko‘rsatmalar; Sharq instituti (1918), bog‘dorchilik bilim yurti, farmatsevtika bilim yurti (1919), Qirg‘iziston ta’lim instituti (1920), Timiryazev nomidagi ta’lim instituti, poligrafiya kurslari (1921), o‘qituvchilar tayyorlash maktablari va kurslari, zavod-fabrikalardagi uztoz shogird ochilishi va faoliyati to‘g‘risida hisobot, ma’lumotlar va yozishmalar; kasb-hunar ta’limi boshqarmasi ta’lim muassasalarining ro‘yxatlari.


Turkiston siyosiy-ma’rifiy qo‘mitasi
(Turkpolitprosvet) (1920-1924)

Turkiston siyosiy-ma’rifiy qo‘mitasi, teatr bo‘limi va targ‘ibot punktlari boshqarmasi yig‘ilishlari, targ‘ibotchilar va tashviqotchilar yig‘ilishlari bayonnomalari. Turkiston siyosiy-ma’rifiy qo‘mitasining siyosiy-ma’rifiy ishlar va savodsizlikni tugatish bo‘yicha sirkulyarlari; ishchilar uylari, klublar, teatrlar, studiyalar, kutubxonalar, sovet va partiya ishlari maktablarining kinoteatrlari, tashviqot markazlari, rassomlik bilim yurti va xalq konservatoriyasining tashkil etilishi va faoliyati to‘g‘risida hisobotlar va yozishmalar. Turkiston davriy matbuoti matbuoti haqidagi sharhlari (1920-1921).

Ilmiy bo‘lim (1918-1924)

Ilmiy Kengash (1918-1920), Davlat Ilmiy Kengashi (1922-1924) va Ilmiy Markaz faoliyati to‘g‘risidagi majlis bayonnomalari va hisobotlari. Ilmiy jamiyatlar va qo‘mitalar nizomlari. Turkiston madaniyati va etnografiyasi tarixi bo‘yicha ma’ruza dasturlari. Ilmiy ishlar va darsliklar nashr etilishi, ilmiy komissiyalar, ilmiy ekspeditsiyalar, Toshkent rasadxonasi va qadimiy obidalar va san’atni muhofaza qilish muassasalari faoliyati to‘g‘risidagi hisobot va yozishmalar. Turkistondagi qadimiy obidalar haqida qisqacha tarixiy ma’lumotlar (1923).

Vaqf bo‘limi (1918-1924)

Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining vaqflar haqidagi farmonlari (1922, 1923); vaqf bo‘limi hay’ati va vaqf masalasini hal qilish komissiyasi majlisining bayonnomalari (1923); Turkiston ASSR viloyatlari va okruglaridagi vaqf mulklari haqidagi ma’lumotlar va yozishmalar.

Statistika boshqarmasi (1919-1924)

Turkiston ASSR aholisining milliy tarkibi (1919), 1-2-darajali maktablar va ulardagi o‘quvchilar tarkibi, politexnika ta'limi, zavod shogirdlari maktablari, savodsizlikni bartaraf etish to‘g‘risida statistik ma’lumotlar.