XORAZM RЕSPUBLIKASIDAGI TURKISTON FRONTI HARBIY-OZUQA TA’MINOTINING VAKOLATLI BOSHQARMASI
Turkiston frontlaridagi harbiy-ozuqa ta’minoti Vakolatli Boshqarmasi 1921 yil 7 mayda Xiva shahrida tashkil etilib, 1922 yilda tugatilgan.
O‘zSSR Ichki Ishlar Ministrligi Arxiv ishining 1956 yil 26 iyuldagi farmoyishiga muvofiq, ushbu tashkilot hujjatlari O‘zSSR Oktyabr inqilobi Markaziy davlat arxivi (O‘zbekiston Milliy arxivi)ga o‘tkazilgan.
BatafsilXORAZM XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI INQILOBIY HARBIY KЕNGASHI
1920 yilda Xivada Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Inqilobiy harbiy kengashi vaqtinchalik inqilobiy huqumat sifatida ta’sis etilgan. Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Inqilobiy harbiy kengashi, harbiy qismlar, boshqarmalar, muassasalar va harbiy idora tashkilotlarini boshqarish, nazorat qilish, birlashtirish uchun, respublika qo‘shinlarini siyosiy tarbiyalash va mamlakat Mudofaaasi bo‘yicha masalalarni ishlab chiqish uchun ta’sis etilgan. Kengash 1923 yilda tugatilgan.
ХОРАЗМ ҚЎШИНЛАР ГУРУҲИ ШТАБИНИНГ 1-ХОРАЗМ КАВАЛЕРИЯ ПОЛКИ ШТАБИ
1920 yil 13 aprelda Xiva shahridagi Kuker jangchilar guruhidan alohida Xorazm Kavaler divizioni shakllantirilgan, shu yilning o‘zidayoq, divizion 1-Xorazm kavaler polkiga aylantirilgan. Xorazm Respublikasi qo‘shinlar guruhi tarkibiga kiritilgan, Dargon-Otin frontidagi Ko‘hna Urganch ostonasida, Qo‘ng‘irot, G‘ulom va Ilyada qurolli qarshilik harakatlariga qarshi ishtirok etgan.