TURKISTON MUSIQA TЕXNIKUMI (Turkiston xalq konservatoriyasi)
1918 yil 14 may kuni Turkiston xalq universiteti xodimlarining birinchi umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi, unda Xalq Konservatoriyasini yaratish maqsadida 5 kishi (Karelin, Kox, Mironov, Cheriyavskiy va Savokich)dan iborat komissiya saylangan.
1918 yil 2 iyul kuni xalq konservatoriyasini tashkil etish bo‘yicha Komissiya yig‘ilishida Turkiston xalq universiteti Boshqaruvi Tashkiliy komissiya a’zolarini Xalq Konservatoriyasi Boshqaruvi a’zolari bo‘lib hisoblanishni taklif etdi. Bu organ bir muncha keng huquq va vakolatlarga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
1918 yil 22 noyabrdagi Turknarkompros Hay’ati Qarori bilan konservatoriya Boshqaruvi tarqatib yuborilgan va barcha konservatoriyalarni yuritish uchun Xay’at tashkil etilgan. Turkiston xalq konservatoriyasi Hay’atiga Xalq konservatoriyasi nizomi musiqa maktabi sifatida loyihasini ishlab chiqish va taqdim etish yuklatilgan.
Mazkur Nizom 1919 yil 16 avgustda Turkiston Respublikasi xalq ta’limi Komissarligi tomonidan maqsadga muvofiq emasligi ko‘rsatilib bekor qilingan.1920 yil 10 avgustda Turkiston Respublikasi Kakomprom Hay’ati tomonidan tasdiqlangan Turkiston davlat konservatoriyasi to‘g‘risida vaqtinchalik nizom ishlab chiqilgan.
Turkiston davlat konservatoriyasi Turkiston musiqa texnikumi deb qayta nomlangan va professional musiqa maktabi maqomini olgan.
BUTUNROSSIYA KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY KЕNGASHI TURKISTON BYUROSI HUZURIDAGI SAN’AT ISHCHILARI BUTUNROSSIYA KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASI VAKOLATLI BOSHQARMASI Toshkent sh.
Mazkur fond tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 1924 yildan 1925 yilgacha bo‘lgan davr hujjatlari mavjud.
UKRAINA ISHCHILAR UYI
Ukraina ishchi uyi 1920 yil 7 martda tashkil etilib, 1923 yil 10 iyunda tugatilgan.
SAN’AT ISHCHILARI ITTIFOQINING “ARLЕKIN” TЕATRI JAMOASI MAHALLIY QO‘MITASI Toshkent sh.
Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan.