"ISKRA" KO‘NGILLILAR SPORT JAMIYATINING O‘ZBЕKISTON KЕNGASHI
Kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashi kotibiyatining 1945 yil 21 iyuldagi qaroriga muvofiq tuzilgan.
«Uchitel», «Bolshevik», «Pravda», «Iskusstvo» va «Znaniye» ko‘ngillilar sport jamiyatlari "Bolshevik" ko‘ngillilar sport jamiyatiga birlashtirilgan.
"Bolshevik" ko‘ngillilar sport jamiyati kengashi boshlang‘ich va o‘rta maktablar, siyosiy va o‘quv muassasalari va san’at xodimlari kasaba uyushmalari a’zolari, 1948 yildan boshlab esa geologiya qidiruv ishchilari kasaba uyushmasi a’zolari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha ishlarni tashkil etish ishlarini olib borgan.
1950 yil may oyida Kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashi kotibiyatining qarori bilan "Samolyot" ko‘ngillilar sport jamiyati (aviatsiya ishchilari uyushmasi) "Bolshevik" ko‘ngillilar sport jamiyatiga qo‘shilgan.
1950 yil 29 noyabrdagi Kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi kotibiyatining qarori bilan "Bolshevik" ko‘ngillilar sport jamiyati "Iskra" ixtiyoriy sport jamiyati deb o‘zgartirildi.
Kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashining 1955 yil 18 apreldagi qarori bilan "Iskra", "Medik", "Trud" va "Nauka" sport jamiyatlari "Burevestnik" ko‘ngillilar sport jamiyatiga birlashtirilgan.
Batafsil"MЕDIK" KO‘NGILLILAR SPORT JAMIYATINING O‘ZBЕKISTON KЕNGASHI
1938 yil 18 apreldagi Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining 1955 yil sentyabrdagi qarori bilan tashkil etilgan.
"Iskra", "Medik", "Fan" va "Trud" ko‘ngilli sport jamiyatlari Madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Qo‘mitasining "Burevestnik" yagona ko‘ngillilar sport jamiyatiga birlashtirildi.
BatafsilO‘ZBЕKISTON "FAN" KO‘NGILLILAR SPORT JAMIYATI KЕNGASHI
"Fan" ixtiyoriy sport jamiyatining 1949 yil 3 apreldagi 3-umumittifoq konferensiyasi qarori asosida tashkil etilgan. Jamiyatda ommaviy tashkiliy ishlarni amalga oshirish, ilmiy muassasalar xodimlari va maktab o‘quvchilari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni joriy etish, sport musobaqalari, sportakiadalar tashkil etish, o‘qituvchilarni tayyorlash kurslari, seminarlar, sport klublari tashkil etish va sport sohasida tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining 1955 yil 18 apreldagi qarori bilan tugatildi.
Batafsil"LIRA" MUSIQIY KOMЕDIYA, SATIRA VA DRAMA SA’NATKORLARINING MЕHNAT JAMOASI
1924 yil iyulda Ye. A. Kravchenko rahbarligida artistlar jamoasi tuzilgan. Raskatov rahbarligidagi musiqiy komediya jamoasi 1927 yil 30 martda Qozon san’at xodimlarini jalb etish vositachilik byurosi tomonidan qayta tashkil etilgan. 1928 – 1929 yillarda Termiz, Buxoro, Chorjo‘y, Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Olma-ota, Qizil O‘rda, Shimkent, Frunze shaharlarida gastrol safarlarida bo‘lgan.
1930 yil 1 oktyabrda O‘rta Osiyo san’at ishchilarini jalb etish bo‘limi tomonidan Toshkentda ro‘yxatga olinib, jamoa asosiy ish faoliyatini (ish joyi) Chimkent shahrida olib borgan.
1931 yil 16 yanvarda O‘rta Osiyo san’at ishchilarini jalb etish bo‘limining buyrug‘iga ko‘ra, Chimkent davlat san’at boshqarmasi tarkibiga o‘tgkazilgan.
BatafsilTOSHKЕNT DAVLAT RUS YOSH TOMOSHABINLAR TЕATRI (TYUZ)
1944 yilda tashkil etilib, O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1948 yil 19 martdagi qarori bilan tugatildi.
TOSHKЕNT DAVLAT RUS OPЕRЕTTA TЕATRI
O‘zbekiston SSR XKS huzuridagi san’at ishlari boshqarmasining buyrug‘i bilan 1938 yil sentyabrda Toshkentda musiqali komediya (operetta) teatri tashkil etilgan. 1948 yil 2 apreldagi rahbariyatning buyrug‘i bilan operetta teatri tugatilgan.
Boshqaruvning 1948 yil 26 apreldagi buyrug‘i bilan ko‘chma operetta teatri tashkil etildi. Boshqaruvning 1949 yil 17 yanvardagi buyrug‘i bilan ko‘chma operetta teatri tugatildi.
BatafsilYa. M. SVЕRDLOV NOMIDAGI TOSHKЕNT DAVLAT RUS OPЕRA VA BALЕT TЕATRI
Sobiq "Kolizey" xususiy sirk binosi sovet hokimiyatining “Natsionalizatsiya” siyosatidan so‘ng uning binosi o‘quv maqsadlari uchun barcha asbob anjomlari bilan musodara qilingan. Toshkent davlat rus opera va balet teatri Turkiston ASSR XKSning 1918 yil 24 avgustdagi qarori bilan Maorif xalq komissarligi tasarrufiga o‘tkazilishi ko‘rsatilgan holda o‘z faoliyatini boshlagan. Turkiston ASSR MIQning 1919 yil 26 noyabrdagi qarori bilan Kolizey teatri respublikadagi teatr namoyishlarini tashkil etish uchun Maorif xalq komissarligiga topshirilgan. Xuddi shu farmon bilan opera jamoasi va drama truppasi orkestr, xor va kostyum xonalari bilan birgalikda birlashtirilib, ulardan yagona respublika teatr jamoasini yaratish uchun Maorif xalq komissarligiga topshirilgan. Toshkent Kengashining davlat, partiya va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda 1920 yil 18 martdagi qo‘shma majlisi qaroriga muvofiq teatr (sobiq "Kolizey") Ya. M. Sverdlov nomidagi Sovet teatriga aylantirilgan.
1933 yilda teatr O‘zbek musiqiy komediya va satira teatri bilan birlashib, Sverdlov nomidagi o‘zbek Davlat musiqiy teatri nomi bilan, 1935 yil 5 maydan boshlab O‘zbekiston SSR Maorif xalq xomissarligining Sverdlov nomidagi Birlashgan Davlat teatri nomi bilan faoliyat olib borgan.
1936 yil mart oyida Sverdlov teatri alohida teatr sifatida ajralib chiqqan. SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi san’at ishlari bo‘limining 1948 yil 15 martdagi buyrug‘i bilan teatr faoliyati 1948 yil 10 aprelda to‘xtatilgan. 1948 yilda Ya. M. Sverdlov nomidagi teatr birlashmasi va O‘zbek opera va balet teatri negizida Mehnat Qizil bayroq ordenli Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek Davlat opera va balet teatri tashkil etilgan.
BatafsilO‘ZBЕKISTON SSR MADANIYAT MINISTRLIGINING SAN’AT ISHLARI BO‘YICHA BOSH BOSHQARMASI
O‘zbekiston SSR XKSning 1936 yil 28 martdagi qarori asosida uning qoshida san’at ishlari bo‘limi tashkil etilgan. 1953 yil iyun oyida O‘zbekiston SSR Madaniyat ministrligining san’at bo‘yicha Bosh boshqarmasiga aylantirilgan. SSSR va O‘zbekiston SSR Madaniyat ministrlarining buyrug‘i bilan 1955 yil 1 yanvarda San’at bosh boshqarmasi tugatilgan.
O‘RTA OSIYO MATBAA ISHLAB CHIQARISH, NASHRIYOT VA SAVDO AKSIONЕRLIK JAMIYATI (SRЕDAZKNIGA)
O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining 1926 yil 28 sentyabrdagi qarori bilan tashkil etilgan. O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining 1928 yil 9 martdagi qarori bilan tugatilgan.
O‘ZBЕK DAVLAT NASHRIYOTI
1925 yilda tashkil etilib, tashkilot Nizomi 1925 yil 3 fevralda SSSR inqilobiy qo‘mitalari tomonidan tasdiqlangan.
RSFSR DAVLAT NASHRIYOTINING DAVRIY NASHRLAR VA OBUNA NASHRLARI SЕKTORINING O‘RTA OSIYO BO‘LIMI (SAOGIZ)
1924 yil yanvarda tashkil etilib, 1925 yil oktyabrda tugatilgan.
SSSR DAVLAT MOLIYA NASHRIYOTINING O‘RTA OSIYODAGI VAKOLATXONASI
1928 yil 1 aprelda moliya xodimlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasida Davlat moliyaviy ko‘rsatmalarini nashr etish va ommalashtirish, ushbu nashrlarni mahalliy tillarga tarjima qilish, shuningdek moliyaviy tashkilotlarining matbuot ishlari bo‘yicha vazifalarini bajarish uchun tashkil etilgan. 1929 yilda tugatilgan.
"IZVЕSTIYA" GAZЕTASINING O‘RTA OSIYO BO‘LIMI
1925 yil yanvarda tashkil etilib, 1929 yil oxirida tugatilgan.
KITOB VA ISH YURITISH MOLLARI VA MUSIQA ASBOBLARINI NASHR ETISH VA SOTISH BO‘YICHA TURKISTON AKSIYADORLIK JAMIYATI (TURKPЕCHAT)
1922 yil 19 dekabrda Turkiston Respublikasi Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi Turkiston matbuot agentligining Nizomini ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Keyinchalik u kitob va ish yuritish mollari nashr etish, musiqa asboblarini va sotish bo‘yicha Turkiston aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirilgan (Turkpechat).
O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining 1926 yil 20 sentyabrdagi qarori bilan tugatilgan.
Batafsil