Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Ichki ishlar xalq nozirligi.
BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI ICHKI ISHLAR NOZIRLIGI HUZURIDAGI MILITSIYA BOSH BOSHQARMASI
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi ichki ishlar Nazorati xuzuridagi ishchi-dehqon militsiyasi Bosh Boshqarmasi 1920 yil 16 sentyabrdagi Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlar Kengashi qaroriga va Buxoro Xalq Sovet Respublikasi ichki Ishlar Nozirining 1920 yil 20 sentyabrdagi buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. O‘rta Osiyo respublikalarida o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil 18 noyabrdagi 164-son buyrug‘iga ko‘ra Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Ichki ishlar Nozirligi faoliyati tugatilgan.