Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi ishchilar, dehqon va qizil armiya deputatlari sovetining Markaziy ijroiya qo‘mitasi (Turkiston MIQ, MIQ, Turkiston ASSR)
1918 yil 30 aprelda bo‘lib o‘tgan V Turkiston Sovetlari qurultoyida tashkil etilgan. 1924 yil 18 noyabrdagi Turkiston ASSR, BXSR va XXSR Markaziy Ijroiya qo‘mitalarining qo‘shma qaroriga asosan respublikalar Ijroiya Qo‘mitalari o‘z faoliyatlarini to‘xtatib, vakolatlarini O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida yangi tuzilgan respublikalarning Inqilobiy Qo‘mitalariga topshirgan.
Batafsil
TURKISTON ASSRNING BUTUNROSSIYA MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI PRЕZIDIUMI HUZURIDAGI VAKOLATXONASI (MOSKVA Sh.).
1918 yilda RSFSR Milliy ishlar xalq komissarligi qoshida Turkiston Respublikasining Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Sovetining vakolatli vakolatxonasi sifatida tashkil etilgan. 1922 yil 1 dekabrda Butunittifoq MIQ Prezidiumi qoshidagi Turkiston ASSR vakolatli vakolatxonasi etib o‘zgartirildi. O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanishi siyosati munosabati bilan 1924 yil 28 noyabrda tugatilgan.
Qirg‘iziston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi huzuridagi Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Sovetining vakolatxonasi Orenburg sh.
1921 yil 6 oktyabrda tashkil topgan. O‘rta Osiyodagi milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil noyabrda tugatilgan.
TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI (TURKISTON ASSR XKS)
XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI TURKISTON IQTISODIY KЕNGASHI TURKISTON ASSR (TIK).
Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1921 yil 14 martdagi dekreti bilan tashkil etilgan. Turkiston Iqtisodiy Kengashining vakolatiga quyidagilar kirgan: tegishli organlar orqali RSFSR Mehnat va Mudofa Kengashi ko‘rsatmalari va topshiriqlarini bajarish va barcha ko‘rsatmalar va iqtisodiy xarakterdagi vazifalarning bajarilishini nazorat qilish; Sovet hokimiyatining barcha organlarining iqtisodiy rivojlanish borasidagi faoliyatini kuzatish va nazorat qilish; RSFSRning yagona rejasi asosida respublikaning umumiy iqtisodiy rejasini ishlab chiqish va uning bajarilishini nazorat qilish, barcha moddiy resurslardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish. 1924 yil oxirida tugatilgan
TURKISTON ASSR MILLIY ISHLAR BO‘YICHA XALQ KOMISSARLIGI (NARKOMNATS TURKASSR, TURKOMNATS)
Turkiston Sovetlarining 1918 yil 30 apreldagi V qurultoyi qarori bilan Turkiston millatlar ishlari bo‘yicha xalq komissarligi tashkil etilgan. Uning vazifalari quyidagilardan iborat edi: Sovet hokimiyati g‘oyalarini tegishli millatlar o‘rtasida o‘z ona tilida amalga oshirish; respublika hududida istiqomat qiluvchi millatlar orasida madaniy va sinfiy ongni yuksaltirish uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rish; barcha milliy ko‘rinishlardagi aksilinqilobga qarshi kurash; milliy-burjua hukumatlariga qarshi kurash; millatlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘plash.
Turkiston millatlar ishlari bo‘yicha xalq komissarligi 1919 yil 10 dekabrda o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatib, Turkiston ASSR MIQning 1921 yil 21 sentyabrdagi qarori bilan yana tiklandi. Turkiston millatlar ishlari bo‘yicha xalq komissarligi Turkiston ASSR MIQning 1922 yil 14 iyuldagi buyrug‘i bilan tugatilgan.
BatafsilTURKISTON ASSR TASHQI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI (Toshkent sh.)
BЕLORUSIYA SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASINING TURKISTON ASSRDAGI VAKOLATXONASI
1921 yil 27 dekabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1922 yil tugatilgan.
TURKMAN VILOYATINI O‘RGANISH BO‘YICHA TURKISTON ASSR MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI KOMISSIYASI
TURKISTON ASSRNING KAVKAZORTIDAGI IQTISODIY VAKOLATXONASI Tbilisi sh.
TURKISTON RЕSPUBLIKASIDA BUTINTTIFOQ QURILISH ISHCHILARI ITTIFOQI MARKAZIY QO‘MITASI VAKOLATXONASI. Toshkent sh.
TURKISTONDA BUTUNROSSIYA YER VA O‘RMON ISHCHILARI ISHLAB CHIQARISH ITTIFOQI MARKAZIY QO‘MITASI VAKOLATXONASI Toshkent sh.
TURKISTON O‘LKASIDA DORIVOR O‘SIMLIKLARNI TAYYORLASH VA YETISHTIRISH BO‘YICHA VAKOLATXONASI Toshkent sh.
TURKISTON ASSR BOSH SIYOSIY BOSHQARMASI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOATCHILIK BOSHQARMALARI XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 26-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1921 yildan 1923 yilgacha bo‘lgan davrga oid hujjatlar mavjud.
TURKISTONDA SSSR TASHQI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI VAKILLIGI TASHQI MUNOSABATLAR BO‘LIMI HUZURIDAGI JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI 38-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Mazkur fond tashkil etilishi va tugatilishi sanasi ko‘rsatilmagan. 1921 yil oktyabrgacha tashqi aloqalar Bo‘limi huzuridagi sovet va jamoatchilik muassasalari ishchilari kasaba uyushmasi 38-son Mahalliy qo‘mitasi deb nomlangan. 1921 yil oktyabrda Turkistonda RSFSR tashqi ishlar Xalq Komissarligi vakilligi tashqi munosabatlar bo‘limi huzuridagi jamoatchilik muassasalari kasaba uyushmasi 38-son mahalliy qo‘mitasi deb qayta nomlangan. 1921 yildan 1922 yillargacha darga oid hujjatlar mavjud.